Afg`onistonda NATO patruli ayollar libosini kiygan terrorchi-xudkushning hujumiga uchradi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Qobuldan 50 kilometr uzoqlikda joylashgan, Amerikaning Bagram aviabazasi yonida bo`lgan hujum oqibatida NATO ning bir nafar xodimi va ikki nafar tinch aholi halok bo`ldi. 5 nafar harbiy va tarjimon yaralandi. Terakt mas`uliyatni “Tolibon” radikal guruhi o`z bo`yniga oldi.
2001 yilda AQSh Afg`onistonda antiterrorchilik harbiy operasiyasini boshlagan edi. Shundan keyin BMT xavfsizlikni ta`minlash maqsadida Afg`onistonga NATO qo`mondonligidagi xalqaro kuchlarni yuborgandi.






