Texaslik, nomi oshkor etilmagan ovchi noqulay vaziyatga tushib qoldi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.
Ovni xush ko`ruvchi erkak yo`l bo`yida turgan zirhli hayvon (bronenoses)ga qarata o`q uzgan. Hayvonning zirhiga kelib tekkan o`q qaytib borib, ovchining iyagiga tekkan. U jiddiy jarohat bilan kasalxonaga yotqizildi.
Polisiyachilarning so`zlariga qaraganda, erkak hech qanday qonunbuzarlikka yo`l qo`ymagan. Ayni paytda ovchi erkakning ahvoli qoniqarli darajada. Hayvonning ahvoli noma`lum. Polisiyachilar o`q uzilgan hayvonni izlab topisholmadi.






