AsosiyJamiyat

“Ginnes”ga kirgan o`zbek ayoli Muhtaram Alieva: “Yurtim bayrog`iga qarab mashq qilaman...”

31 oktyabr - 4 noyabr kunlari Rossiyaning Arxangelsk shahrida tosh ko`tarish bo`yicha konfederasiyalar o`rtasidagi jahon chempionati bo`lib o`tdi. 
Dunyoning 20 dan ortiq ko`zga ko`ringan polvonlari o`rtasidagi musobaqada yurtdoshimiz Muhtaram Alieva ham ishtirok etdi va jahon chempioni degan sharafli nomga erishdi. Quvonarlisi, Muhtaram ko`rsatgan natija musobaqada qatnashayotgan Ginness rekordlari kitobi vakillarining e`tiboridan chetda qolmadi va u eng yuqori natija deb qayd etildi. Qolaversa, u ushbu kitobga kiritilgan birinchi o`zbek ayoli hisoblanandi. Tabiiyki, g`alaba qozonib, oltin medal bilan yurtimizga qaytgan hamyurtimiz bilan suhbatlashishga shoshildik.

— Ayol kishi bo`la turib, sportning bu yo`nalishi bo`yicha yuqori natijaga erishish katta baxt, sizni ana shu baxt bilan tabriklaymiz! Siz yurtimiz tarixida Ginness rekordlari kitobiga kiritilgan birinchi insonsiz. Albatta, bunga erishish oson bo`lmagan bo`lsa kerak...

— Katta rahmat. Ochig`i, bunga hozirgacha ishongim kelmaydi. Aslida, bu mening 30 yillik mehnatim samarasi. Shu natijaga erishaman, deb niyat qilgan edim, shukr, orzuimga etdim. Yaratganning yordami, yonimdagi yaqinlarimning daldasi, ustozlarimning ko`magi bilan uddaladim buni.

— Onangiz sport bilan shug`ullanishingizga qarshilik bildirgan ekanlar, hozir, jahon chempioni bo`lbi, Ginnesga kirganingizdan so`ng sportga qatnashishingizga bo`lgan munosabatlari o`zgarganmi?

— Ha, hozir meni har bir musobaqa oldidan duo qilib turadi. Otamdan keyin onamga suyanaman. Garchi mendan olisda bo`lsa ham qo`g`ngiroq qilib duosini olaman.

— Odamlar orasida “sport, ayniqsa polvonlik ayol kishiga emas” deguvchilar topiladi. Bu fikrga qanday qaraysiz?

— Bunga qo`shilolmayman. Chunki sport xali hech kimga zarar etkazmagan. Agar murabbiyning aytganlarini qilib, mashqlarni ortiqcha xarakatlarsiz o`z o`rnida bajarilsa salomatlikka putur etmaydi. O`z ishini, oilasini, farzandlarini, uy ishlarini uddalayotgan minglab ayollar singari sportchi ayollar ham oilasini ham ishini ham birdek olib borishi mumkin.

— Sport sohasida 30 yildan ortiq faoliyat yuritgan inson, ayol sifatida aytingchi, sport bilan shug`ullanadigan kishi qanday qiyin vaziyatlarga duch kelishi mumkin?

— Sport turi bilan shug`ullanadigan inson eng avvalo mag`lub bo`lishga, jarohat olishga tayyor turishi kerak. Mag`lubiyat insonni tarbiyalaydi. Sinsangiz, tamom! O`rningizdan tura bilsangiz, o`sha mag`lubiyat sizni yuksak g`alabalar sari etaklar ekan.

Blis so`rovnoma: —   Parametrlaringiz...

—   Yoshim 39 da, bo`yim 1,50 santimetr, vaznim 60 kg., 36 o`lchamdagi poyabzalini kiyaman...

—   Sevgan taomingiz...

—   Lag`mon. Shuningdek Muhtaram Alieva muxbirimizga Ginnesga kirish orzusi, g`oliblikdan so`ng kechirgan kechinmalari, kelgusidagi maqsadlari, oilasi, ustozlari hamda sevimli mashina markasi haqida gapirib berdi. Ushbu intervyu bilan "Darakchi" gazetasining 14 noyabr kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida batafsil tanishishingiz mumkin. 

    Boshqa yangiliklar