AsosiyDunyo

​AQShGA HALOKATLI “XILLARI” DOVULI YaQINLAShMOQDA

'​AQShGA HALOKATLI “XILLARI” DOVULI YaQINLAShMOQDA'ning rasmi

Tinch okeanining Meksika qirg`oqlarida paydo bo`lgan “Xillari” dovuli endi AQSh tomonga harakatlanmoqda, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

“Fobos” ob-havo markazining xabar berishicha, “Xillari” dovuli ayni paytda kuchayib, AQSh qirg`oqlariga xavf tug`dirgancha, harakat qilmoqda. Amerikaning Kaliforniya, Arizona, Nevada va Aydaxo shtatlari tabiiy ofatdan zarar ko`rishi mumkin.

Dovul ichidagi shamolning tezligi shiddatli ravishda, soatiga 150 kilometrni tashkil etadi. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, “Xillari” dovuli Meksika qirg`oqlaridan 800 kilometr uzoqda joylashgan. Dovul oqibatida 3,5 metrgacha to`lqin ko`tarilishi mumkin.

Ma`lumot sifatida shuni aytish mumkinki, shamolning tezligi soatiga 119 kilometrni tashkil etsa, dovul yuzaga keladi. Saffir-Simpson shkalasiga mansub birinchi toifali dovulda shamolning tezligi soatiga 120 kilometrni, beshinchi toifadagi dovulda shamolning tezligi soatiga 250 kilometrni tashkil qiladi va u fojiali oqibatlarga olib keladi.

    Boshqa yangiliklar