AsosiyDunyo

​NASA OVOZ TEZLIGIDA UChUVChI, NYu-YORKDAN LONDONGA 3 SOATDA ETIB BORADIGAN LAYNERNI YaRATADI

'​NASA OVOZ TEZLIGIDA UChUVChI, NYu-YORKDAN LONDONGA 3 SOATDA ETIB BORADIGAN LAYNERNI YaRATADI'ning rasmi

NASA mutaxassislari va Lockheed Martin aviaqurilish kompaniyasi ovoz tezligida va shovqinsiz uchuvchi samolyot loyihasi ustida ish olib bormoqda, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Samolyot Nyu-York va London oralig`idagi 5,5 ming kilometr masofani uch soatda bosib o`tishga moslashtirilgan. Mazkur samolyot masofani ikki karra qisqartiradi. OAVlarning ma`lumot berishicha, ovoz tezligida uchuvchi samolyotda bir tomonga parvoz qilish chiptasi oddiy samolyotning biznes klassidagi kabi 2000 funt sterlingdir.

Havo layneri 16,7 kilometr balandlikda parvoz qiladi, shovqinining maksimal darajasi 60-65 akustik desibelni tashkil etadi. Mazkur laynerning aerodinamik quvurda kichraytirilgan modeli o`tgan oyda sinovdan o`tkazildi. Ayni paytda NASA loyihani amalga oshiradigan va to`liq hajmdagi modelni yaratadigan investorni qidirmoqda.

    Boshqa yangiliklar