AsosiyDunyo

​HINDISTONDA YoZ MAVSUMIDA 182 KIShI SUV TOShQINI QURBONIGA AYLANDI

'​HINDISTONDA YoZ MAVSUMIDA 182 KIShI SUV TOShQINI QURBONIGA AYLANDI'ning rasmi

Joriy yoz mavsumi davomida shamolli yomg`irlar yog`ishi oqibatida yuzaga kelgan toshqinlar 182 kishining hayotiga nuqta qo`ydi.

Ayni damda eng ko`p qurbonliklar olib kelgan shtat Gujarot bo`ldi. Dushanba va seshanba kunlari yog`ingarchiliklar sabab 36 ming kishi evakuasiya qilindi. Seshanba kuni 9 kishining o`lgani haqida xabar kelib tushdi, bu esa mazkur hududdagi qurbonlarning umumiy sonini 83 kishiga etkazdi.

Suv toshqini Hindistonda o`limga olib keluvchi eng xavfli tabiiy ofatlardan biri sanaladi. Hindiston meteorologik departamenti yanvarda 2016 yilda 1,6 ming kishi tabiiy ofatlar oqibatida halok bo`lganini ma`lum qilgandi.

700 kishi issiqdan halok bo`lgan bo`lsa, 475 kishi yomg`irlar keltirib chiqargan suv toshqinidan vafot etgan. Yana 415 kishi chaqmoq urishi oqibatida halok bo`lgan.


    Boshqa yangiliklar