AsosiyDunyo

​XITOYDA SUV TOShQINI SABAB UCh MING KIShI EVAKUASIYa QILINDI

'​XITOYDA SUV TOShQINI SABAB UCh MING KIShI EVAKUASIYa QILINDI'ning rasmi

Xitoyning Shensi provinsiyasi hukumati Yuylin shahrining 2,9 ming aholisini kuchli suv toshqini sabab evakuasiya qildi, bu haqda Xitoy markaziy televideniesi xabar qildi.

Shaharda kuchli yomg`irlar mana bir necha kundirki tinmayapti, mahalliy meteorologiya markazi uch marta eng yuqori — qizil — darajadagi xavfni e`lon qildi.

Meteorologlarning ma`lumotlariga ko`ra, oxirgi sutkada shaharga 100 millimetr yog`ingarchilik yog`di, eng ko`p talofotni Suyde va Szchjou uezdlari ko`rdi.

Suydeda damba yorilib ketdi, buning oqibatida butun uezd suv ostida qoldi.

Videokadrlarda shahar ko`chalari suv ostida qolgani aks etgan, avtomobillar suv ostida yotgani, odamlar suzib harakatlanayotganini ko`rish mumkin.


Boshqa yangiliklar