“Barselona” jamoasi rahbariyati “Liverpul” klubi yarim himoyachisi Filippe Koutinoni o`z safiga qo`shib olish bo`yicha futbolchining o`zi bilan kelishuvga erishdi.
AS nashrining xabar berishicha, braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar safiga o`tishga rozi bo`lgan. Endi “Barselona” vakillari transfer borasida “Liverpul” bilan kelishib olishi lozim.
Xabarlarga ko`ra, “Liverpul” Koutinoni 100 million evro evaziga sotishni rejalashtirmoqda. Tomonlar muzokaralarni boshladi.
Ma`lumot uchun, o`tgan mavsumda Koutino ANGning 31 o`yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.






