Bir soatga mo`ljallangan mazkur hujjatli film Rossiyaning “Kultura” telekanali, O`zEOVMA va “Karavan-TV” hamkorligida suratga olinadi. Filmda zamonaviy O`zbekistonning bir necha asrlik an`analari va donishmandlarining aql-zakovati bilan hamohang ravishda rivojlanib borayotgani haqida so`z boradi. Ular har bir qadamda uchrashib, hamjihatlik va totuvlikda kun kechirmoqda.
Shunday qilib, Toshkent shahrida Islom dinining haqiqiy qadriyatlarini o`rganuvchi Islom madaniyat markazi, Samarqand shahrida va 1536 yilda qurilgan, ayni paytda ham talabalar ilm olayotgan Mir-Arab madrasasida islom dunyosining olim va ulamolari merosini o`rganuvchi Xalqaro islom ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi.
“O`zbekiston har doim turli dinga va madaniyatga e`tiqod qiluvchi odamlar ahil-inoqlikda yashaydigan tolerant hudud bo`lib kelgan. Bunga suratga tushirish rejalashtirilgan Samarqand shahrida joylashgan avliyo Daniil maqbarasini, Toshkent shahridagi katolik va pravoslavlarning Uspenskiy soborini misol keltirishimiz mumkin. Biroq hujjatli filmning asosiy g`oyasi va leytmotivi mamlakatdagi eng boy madaniy va tarixiy meros hisoblangan, O`zbekiston olimlari tomonidan o`rganib kelingan eng qadimiy yodgorliklar yozuvi hisoblanadi. Biz sizga ota-bobolar va muqaddas Islom an`analariga sodiq holda zamon bilan hamnafas ravishda rivojlanib borayotgan O`zbekiston va uning xalqi haqida hikoya qilamiz”, dedi film rejissyori Valeriy Belov.
Film prodyuseri Firdavs Abduxoliqov O`zEOVMA uchun bu Rossiya telekompaniyasi bilan navbatdagi filmni suratga olish loyihasi bo`lganligini ta`kidladi: “Biz ilgari ham mashhur “Masterskaya” kinokompaniyasi bilan hamkorlikda “O`zbekiston qumliklar durdonasi” va Qoraqalpog`iston haqidagi “Vaqt qumliklari aro” nomli hujjatli filmlarni suratga olganmiz. “Kultura-Rossiya” telekanali bilan qilgan hamkorligimiz Respublikamizning mustaqillik bayrami uchun munosib sovg`a bo`ladi, deb umid qilamiz”.
“O`zbekiston: qo`lga kiritilgan topilmalar” hujjatli filmining suratga olish ishlari Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz va boshqa shaharlarda bo`lib o`tadi. Shu bilan birga s`yomka jarayonida tabiat manzaralaridan, kino va foto hujjatlardan, muzey artefaktlaridan, shaxsiy arxiv va arxiv kadrlardan foydalaniladi. Filmda mashhur arxitektorlarning, olimlarning, tarixchi va xattotlarning, O`zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvchi aholining intervyulari yangraydi.
Suratda: “Kultura” telekanalining suratga olish guruhi va O`zEOVMA Konrad Adenaur nomli Markaziy Osiyo Fondining hududiy vakili (GFR) Tomas Kuns ishtirokida intervyuni suratga olmoqda.






