AsosiySUG'DIYONA

KEChKI TAOMGA KARAMLI SALAT TAYYoRLAYMIZ!

'KEChKI TAOMGA KARAMLI SALAT TAYYoRLAYMIZ!'ning rasmi

Sizga quyida tavsiya qilinayotgan salat kechki taomga ajoyib sherik bo`la oladi. Uni tayyorlash juda oson.

Zarur masalliqlar: 150 gr. qaynatilgan tovuq go`shti, 1 katta bo`lak karam (250 gr.), 1 bosh piyoz, mayonez, ko`katlar, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Karam va qaynatilgan tovuq go`shtini somoncha shaklida to`g`rang. Piyozni esa halqa shaklida to`g`raysiz.

2. Masalliqlarga maydalangan ko`kat va mayonezni qo`shing. Tuz, murch sepib, yaxshilab aralashtirsangiz, salat tayyor.





Mazkur salat 2 kishiga mo`ljallangan bo`lib, u 15 daqiqada tayyor bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar