AsosiyHi-tech

DUBAYLIKLARGA SOATIGA 100 KM. TEZLIKDA UChADIGAN TAKSI XIZMAT QILADI

'DUBAYLIKLARGA SOATIGA 100 KM. TEZLIKDA UChADIGAN TAKSI XIZMAT QILADI'ning rasmi

Nemis kompaniyasi yangi elektr energiyasi yordamida harakatlanadigan VOLOCOPTER taksisini Dubay shahrida sinovdan o`tkazdi.

VOLOCOPTER soatiga 100 km. tezlikda uchish imkoniyatiga ega va uning uchishi uchun hech qanday yoqilg`i kurak emas, chunki u quyosh panellaridan olingan elektr energiyasi bilan harakatlanadi. U o`n daqiqalik quvvatlanish yordamida 30 km.masofani bosib o`ta oladi. U 18 ta motorli parraklarga ega bo`lib, bu unga bir maromdagi uchish imkoniyatini beradi. VOLOCOPTER da ikki kishi uchishi mumkin. U Dubay shahri yo`lovchilariga taksi vazifasini bajaradi, dubayliklar mazkur nemis kompaniyasi bilan 5 yillik shartnomani imzolashdi. VOLOCOPTER kutilmagan holatlarda va ob-havo keskin yomonlashganda avtomatik tarzda qulay joyga qo`na oladi. Bundan tashqari u yana ko`plab imkoniyatlarga ega. Sinovlar butun Dubay shahri bo`ylab amalga oshirildi va yangi taksi ijobiy natijalar ko`rsatdi.

    Boshqa yangiliklar