Londonning “Arsenal” jamoasi PSJ klubi tomonidan Aleksis Sanchesni sotib olish bo`yicha bildirgan barcha takliflarini rad etdi, deya ma`lum qiladi Le Parisien.
Ma`lumotlarga ko`ra, “Arsenal” taklif qilingan summadan tashqari parijliklarning bir necha futbolchisi transfer qilishni ko`zda tutuvchi taklifni ham rad qilgan.
Shuningdek, 28 yoshli futbolchining agentlarini PSJ tomonidan taklif qilingan maosh miqdori ham qoniqtirmagan. Chili terma jamoasi futbolchisining “to`pchilar” bilan shartnomasi bir yildan keyin tugaydi va tomonlar hali bu shartnomani uzaytirishmadi.
O`tgan mavsumda Sanches “Arsenal” safida Angliya chempionatining barcha 38 uchrashuvida maydonga tushib, jami 24 ta golga mualliflik qilgan edi.






