AsosiySport

JOZE MOURINO: “MYu” “REAL” BILAN O`YINDA REPETISIYa QILDI

'JOZE MOURINO: “MYu” “REAL” BILAN O`YINDA REPETISIYa QILDI 'ning rasmi

“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino “Real”ga qarshi (1:1, pen.seriyasi 2:1) International Champions Cup turniri doirasidagi o`yindan keyin o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

“Real”ga qarshi o`yin biz uchun yaxshi repetisiya bo`ldi. Birinchi bo`limda “Real”ning kuchli futbolchilariga qarshi yaxshi o`ynadik. Ikkinchi bo`limda esa Madrid klubi yoshlariga qarshi o`yinda biz ishtahani yo`qotdik.

Ikkinchi bo`limda yoshlar bilan o`ynagan futbolchilarimda motivasiya bo`lmadi, ular kayfiyatni yo`qotib qo`ydi. Penaltilar seriyasi kelgusida kim penaltilar seriyasida to`p tepishiga aniqlik kiritishga yordam beradi”, – dedi portugaliyalik mutaxassis.

Boshqa yangiliklar