AsosiySport

“MYu” RONALDUSIZ O`YNAGAN “REAL”NI TASLIM QILDI (VIDEO)

' “MYu” RONALDUSIZ O`YNAGAN “REAL”NI TASLIM QILDI (VIDEO)'ning rasmi

AQShda davom etayotgan International Champions Cup–2017 turniri doirasida “Manchester Yunayted” jamoasi Madridning “Real” klubi bilan to`qnash keldi.

Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan o`yinning asosiy va qo`shimcha vaqtlarida 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa mankunianlar ustun keldi.

“Real Madrid(Ispaniya) – “Manchester Yunayted(Angliya) 1:1

Gollar: 0:1 – 45 Lingard, 1:1 – 69, penalti Kazemiro.

Penaltilar seriyasi – 1:2

“Real Madrid” – Navas (Kasilya, 46), Varan (Kesada, 46), Marselo (Texero, 46), Karvaxal (Xakimi, 46), Nacho (Manu, 46), Isko (Oskar Rodriges, 46), Kroos (Kazemiro, 46), Vaskes (Teo, 46), Modrich (Kovachich, 46), Beyl (Foylase, 46), Benzema (Dani Gomes, 46).

“Manchester Yunayted” – Romero (De Xea, 46), Jons (Smolling, 46), Bayi (Lindelef, 46), Darmian (Valensiya, 77), Lingard (Pogba, 46), Fosu-Mensa (Blind, 46), Fellayni, Kerrik (Mxitaryan, 46), Pereyra (Errera, 46; Maktomini, 52), Marsyal, Reshford (Lukaku, 46).

Ogohlantirish: Oskar Rodriges (85).


    Boshqa yangiliklar