AsosiySport

FUTZAL. “OLMALIQ” KLUBLAR O`RTASIDAGI OCh ILK O`YINIDA MAG`LUBIYaTGA UChRADI

'FUTZAL. “OLMALIQ” KLUBLAR O`RTASIDAGI OCh ILK O`YINIDA MAG`LUBIYaTGA UChRADI'ning rasmi

Vetnamning Xoshimin shahrida klublar o`rtasida Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Musobaqaning “D” guruhida ishtirok etayotgan O`zbekistonning “Olmaliq” klubi ilk uchrashuvni Livanning “Bank Beyrut” jamoasiga qarshi o`tkazdi.

Gollarga boy kechgan bellashuvda livanliklar 8:3 hisobida g`alaba qozondi. “Olmaliq” safida Dilshod Irsaliev va Artur Yunusov gol urdi, yana bitta golni livanlik futzalchi o`z darvozasiga urib qo`ydi. Mag`lubiyatga qaramay, “Olmaliq”da pley-off bosqichiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qolindi.

“Bank Beyrut” dastlabki o`yinda “D” guruhi favoriti Tailandning “Chonburi Blyuveyv” futzalchilariga 0:9 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Ushbu guruhning so`nggi o`yinida “Chonburi Blyuveyv” va “Olmaliq” o`zaro bahs olib boradi. Bellashuv 25 iyul kuni o`tkaziladi.

Klublar o`rtasidagi OCh
Phu Tho Stadium, Xoshimin
23 iyul, yakshanba

“Olmaliq” (O`zbekiston) – “Bank Beyrut” (Livan) 3:8

Gollar: Dilshod Irsaliev (18, penalti), Artur Yunusov (22), avtogol (38)

Chetlatish: Dilshod Rahmatov (29)

    Boshqa yangiliklar