Madrining “Real” jamoasida to`p surgan himoyachi Danilo o`z faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradigan bo`ldi.
Braziliyalik futbolchi Pep Gvardiolaning taklifi bilan “Manchester Siti” a`zosiga aylandi. “Real” mazkur transferdan 26,5 million funt daromad qildi.
“Manchester Siti” va Danilo o`rtasidagi kelishuv 5 yilga mo`ljallangan. Kelishuvning moliyaviy shartlari hozircha e`lon qilinmadi.






