Ayni kunlarda Turkiyada yig`in o`tkazayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi ushbu yig`in doirasidagi ikkinchi o`rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Saudiya Arabistonining “Al Tavun” klubiga qarshi uchrashuvda Igor Sergeev tomonidan uchrashuvning 29-daqiqasida kiritilgan yagona gol O`zbekiston milliy terma jamoasiga kichik hisobda g`alaba keltirdi. Ma`lumot uchun, mazkur yig`in doirasidagi ilk uchrashuvda milliy terma jamoa Eronning “Zob Ohan” klubiga kichik hisobda imkoniyatni boy bergan edi.
Avvalroq xabar berilganidek, ushbu yig`in Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi milliy terma jamoa uchun Xitoy hamda Janubiy Koreya milliy terma jamoalariga qarshi Jahon chempionati saralash uchrashuvlariga tayyorgarlik vazifasini o`taydi.
O`rtoqlik uchrashuvi
Izmit, Turkiya
23 iyul, shanba
O`zbekiston – "Al Tavun" (Saudiya Arabistoni) 1:0
Gol: Igor Sergeev (29).
O`zbekiston: Ignatiy Nesterov (Aleksandr Lobanov, 46), Davron Hoshimov (Erkin Boydullaev, 27), Otabek Shukurov, Murod Holmuhamedov, Akmal Shorahmedov, Farruh Sayfiev, Sherzod A`zamov, Salamat Qutiboev (Shoxruz Norhonov, 74), Jaloliddin Masharipov, Sardor Mirzaev, Igor Sergeev (Aleksandr Merzlyakov, 79).






