«Paxtakor» klubi safini tark etgan Adnan Oraxovas «Dinamo» jamoasining yangi a`zosiga aylandi. Bu haqda Samarqand klub matbuot xizmati ma`lum qildi.
Chernogoriyalik 26 yoshli futbolchi O`zbekistonda boshlagan 2015 yildagi faoliyatidan buyon hozirgacha «Paxtakor» klubi safida to`p surib kelayotgandi. Birinchi davradan so`ng Toshkent jamoasi bilan xayrlashgan chernogoriyalik himoyachi «Dinamo» jamoasi mashg`ulotlariga kelib qo`shildi va 26 yoshli legioner bilan kelishuvga erishildi.
Adnan Oraxovas joriy mavsumda «Paxtakor» safida 13 o`yinda maydonga tushib, 1080 daqiqa davomida maydonda to`p surgan va 2 ta golga mualliflik qilgan. Oraxovas Samarqand jamoasi tarixidagi birinchi chernogoriyalik futbolchiga aylandi.






