"Real Madrid" safida to`p surgan ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata “Chelsi” futbolchisi sifatida rasman tanishtirildi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Morata “aristokratlar” bilan besh yillik shartnoma imzoladi. U endi yaqin kunlar ichida Singapurda yig`in olib borayotgan “Chelsi” safiga borib qo`shiladi.
Ilgariroq, “Chelsi” Morata uchun “Real”ga 80 mln evro to`lashi va Alvaro ispaniyalik eng qimmatbaho futbolchi bo`lishi haqida xabarlar chiqqan edi. Uning yangi jamoasidagi maoshi esa yiliga 9 mln evroni tashkil etadi.






