AsosiySport

O`zbekiston chempioni “Olmaliq” futzal bo`yicha klublar o`rtasidagi OChda ishtirokini boshlaydi

'O`zbekiston chempioni “Olmaliq” futzal bo`yicha klublar o`rtasidagi OChda ishtirokini boshlaydi'ning rasmi

Shu yilninng 20–30 iyul kunlari Vetnamda futzal bo`yicha klublar o`rtasidagi Osiyo chempionati bo`lib o`tmoqda. Bu yil ham O`zbekiston nomidan mamlakatning amaldagi chempioni “Olmaliq” Osiyo mintaqasining eng nufuzli musobaqasida ishtirok etadi.

Futbol bo`yicha Osiyo Chempionlar Ligasi muboqili sanalgan ushbu musobaqa oldidan olmaliqliklar o`z tarkibini Xitoy chempionatida o`ynab kelgan Dilshod Rahmatov va Shuhrat Tojiboev bilan kuchaytirdi.

“Olmaliq” Xoshiminda bo`lib o`tgan qur`a natijasiga ko`ra “D” guruhida “Chonburi Blyuveyv” (Tailand) va “Beyrut Bank” (Livan) jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Tailand klubi o`tgan yilgi klublar o`rtasidagi OChning bronza medali sohibi sanaladi.

“D” guruhida dastlabki o`yin bo`lib o`tdi. Unda Tailand klubi “Beyrut Bank” futzalchilarini 9:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Ergata, 23 iyul kuni “Olmaliq” Osiyo chempionatidagi ilk o`yinini o`tkazadi. Aleksandr Petrov shogirdlari “Beyrut Bank” jamoasi vakillari bilan kuch sinashadi. 25 iyul kuni esa o`zbekistonlik futzalchilar “Chonburi Blyuveyv”ga ro`baro keladi.

Futzal. Klublar o`rtasidagi OCh
Vetnam, Xoshimin
“D” guruhi taqvimi

21.07.2017

“Beyrut Bank” – “Chonburi Blyuveyv” 0:9

23.07.2017

“Olmaliq” – “Beyrut Bank”

25.07.2017

“Chonburi Blyuveyv” – “Olmaliq”

Qayd etish kerakki, guruh bosqichida 1-o`rinni egallagan jamoa pley-off bosqichiga yo`llanma oladi. “Olmaliq” klublar o`rtasidagi Osiyo chempionatiga 14 nafar futzalchi bilan tashrif buyurdi:

Darvozabonlar:

1. Klim Tyugaev

2. Ravshan Eliboev

O`yinchilar:

3. Jamoliddin Sharipov

4. Konstantin Sviridov

5. Artur Yunusov

6. Farhod Abdumavlonov

7. Dilshod Rahmatov

8. Javlon Anorov

9. Dilshod Irsaliev

10. Shuhrat Tojiboev

11. Sarvar Shoahmedov

12. Ilhom Rajabov

13. Sunnat Kuralov

14. Sirojiddin Mahmudov

Ma`lumot uchun, klublar o`rtasidagi OChning amaldagi chempioni Yaponiyaning “Nagoya Oushens” jamoasi sanaladi. OCh–2016 turnirining kumush medali Iroqning “Naft al-Vasat” klubiga nasib qilgan bo`lsa, Tailandning “Chonburi Blyuveyv” klubi bronza medaliga egalik qilgan.

    Boshqa yangiliklar