Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 10-turidan o`rin olgan barcha o`yinlar bir vaqtda boshlanishi haqida ko`rsatma berdi va har bir mamlakat hududidan kelib chiqqan holda bellashuv vaqtlarini belgiladi.
“A” guruhi so`nggi tur uchrashuvlari shu yilning 5 sentyabr kuni bo`lib o`tadi. O`zbekiston terma jamoasi Toshkentda Janubiy Koreya bilan bahs olib borsa, Eron o`z maydonida Suriyani qabul qiladi. Xitoy esa safarda Qatar mehmoni bo`ladi. Barcha o`yinlar Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.
JCh–2018 saralash bosqichining “B” guruhida esa o`yinlar bir vaqtda boshlanmaydi. Iroq va BAA neytral maydon – Eronda o`ynashi hamda Avstraliyaning noqulay vaqt hududi ushbu guruhdagi o`yinlarning bir vaqtda boshlanishiga imkon bermadi.






