AsosiyJamiyat

ShAVKAT MIRZIYoEV O`RTA ChIRChIQDAGI OT ZAVODIGA BORDI

'ShAVKAT MIRZIYoEV O`RTA ChIRChIQDAGI OT ZAVODIGA BORDI'ning rasmi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev O`rta Chirchiq tumanidagi "O`zbegim otlari" ot zavodi faoliyati bilan tanishdi, deb yozadi O`zA.

“O`zbegim otlari” ot zavodi 1992 yil tashkil etilgan bo`lib, maydoni 140 gektardan ortiq. Zavod qadimiy ot zotlari, jumladan, Axaltika tulporlarini ko`paytirish va parvarishlashga ixtisoslashtirilgan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Axaltika zotli otlar bundan besh ming yil muqaddam paydo bo`lgan. U Osiyo xalqlarining yozma manbalarida samo tulporlari, arg`umoq, uchqur ayg`irlar, deya ta`riflangan. Toshbitiklar, qoyalarda saqlanib qolgan suratlarning guvohlik berishicha, Axaltika arg`umoqlari qadimda hozirgi Farg`ona vodiysi, Xorazm viloyati hududlarida uchragan. Ayni paytda mazkur turning katta qismi Turkmaniston hissasiga to`g`ri keladi.

Bugungi kunda “O`zbegim otlari” zavodida 300 ga yaqin ot parvarishlanmoqda. Ular orasida Axaltika zotidan tashqari, ingliz va arab zotli otlar ham bor.

“O`zbegim otlari” zavodida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevga Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan sovg`a qilingan “Do`stxon” laqabli zotdor ot yig`ilganlar e`tiboriga havola etildi.

Ot zavodi hududida zotdor otlarni ko`paytirish, sohada naslchilik ishlarini yaxshilashga qaratilgan istiqbolli loyihalar taqdimoti ham o`tkazildi.

Boshqa yangiliklar