Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida harakat xavfsizligini ta`minlash, yo`l transport hodisalarining oldini olish, qoidabuzarliklarni aniqlash va turli jinoyatlarni fosh etish maqsadida, Chirchiq shahar markaziy dehqon bozori hududida hamda A.Navoiy ko`chasida foto va video kuzatuv kameralari o`rnatildi, deb xabar beradi Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati.
"Ushbu videokuzatuv moslamalarining o`rnatilishi natijasida avtoulovni belgilangan tezlikdan oshirish, svetoforning qizil chirog`idan o`tish, taqiqlovchi yo`l chiziqlarini bosib o`tish kabi qoidabuzarliklarning oldi olinadi. Shuningdek, bu moslamalar shubhali shaxslarni aniqlash va avtoulov olib qochish jinoyatlarini fosh etishda ko`mak berishi, shubhasizdir",—deyiladi xabarda.






