AsosiyDunyo

​LOX-NESS KO`LI MAXLUQI QURUQLIKKA ChIQDI

'​LOX-NESS KO`LI MAXLUQI QURUQLIKKA ChIQDI'ning rasmi

Shotlandiyaning Killiarn qishlog`ida yashovchi erkak “Lox-Ness ko`li maxluqi”ning quruqlikda sayr qilayotgan navbatdagi rasmini suratga oldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Jimmi Rayt ismli erkak Krou-Xillda iti bilan sayr qilib yurganda “maxluq”ni suratga olishga “muvaffaq bo`lgan”.

“Maxluq menga dinozavrni eslatdi. U juda g`ayrioddiy edi”, deb suratga izoh berdi Jimmi Rayt. U mazkur suratni Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasiga joylashtirdi. Surat foydalanuvchilar orasida mashhur bo`ldi. Ayni paytda mahalliy aholi “maxluqqa” eng yaxshi nom tanlash bo`yicha tanlov e`lon qildi.

    Boshqa yangiliklar