AsosiyDunyo

BODRUMDA ZILZILA VAQTIDA TRANSFORMATOR PODSTANSIYaSI PORTLADI

'BODRUMDA ZILZILA VAQTIDA TRANSFORMATOR PODSTANSIYaSI PORTLADI'ning rasmi

Portlashni to`yni videoga olayotgan operator suratga oldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Portlash oqibatida yong`in yuzaga keldi. Yong`indan jabrlanganlar haqida ma`lumot yo`q. Eslatib o`tamiz, Turkiyaning Bodrum kurort shahridan 12 kilometr uzoqlikda Egey dengizida 6,7 balli zilzila yuz berdi. Zilzila ta`sirida sunami vujudga kelganiga qaramay, u hech qanday xavf tug`dirmadi. Greklarning Kos oroli jiddiy talafot ko`rdi. Kos orolida 2 kishi halok bo`ldi, yuzdan ortiq odam jabrlandi, uylar vayronaga aylandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar