Linkin Park guruhining sozandasi Mayk Shinoda guruh solisti Chester Benningtonning o`z joniga qasd qilganini tasdiqladi, deb yozadi "Gazeta.ru".
"Shokdaman, biroq bu haqiqat. Imkon bo`lishi bilan bu haqda rasmiy xabar beriladi",—, deb yozdi Shinoda o`zining Twitter`dagi sahifasida.
Bennington 20 iyul kuni Kaliforniyadagi o`z uyida jonsiz holda topilgan. Hozirda uning o`limi o`z joniga qasd qilish deya, baholanmoqda.






