AsosiySport

Manchester derbisida “MYu” g`alaba qozondi, Lukaku yana gol urdi (Video)

'Manchester derbisida “MYu” g`alaba qozondi, Lukaku yana gol urdi (Video)'ning rasmi

International Champions Cup musobaqasining navbatdagi bahsida Manchesterning ikki jamoasi o`zaro to`qnash keldi.

“MYu” hamshahari ustidan 2:0 hisobida zafar quchdi. Buning uchun “qizib iblislar”ga 2 daqiqa talab etildi. 37 daqiqada Romelu Lukaku hisobni ochgan bo`lsa, 39 daqiqada Markus Reshford hisobni oshirdi.

O`yin yakuniga qadar hisob o`zgarmadi. Manchester shahri tashqarisida o`tgan dastlabki derbida “qizil iblislar” ustun keldi.

«Manchester Yunayted» – «Manchester Siti» - 2:0 (2:0)

Gollar: Lukaku 37, Reshford 39.

«Manchester Siti»: Ederson, Adarabioyo (Otamendi 46), Kompani (Stouns 46), Uoker, Foden (Zinchenko 74), Fernandino, Yaya Ture (Mangala 46), Roberts (Dias 46), Sterling (Nasri 46), De Bryuyne (Jezus 46), Aguero (Sane 46).

«Manchester Yunayted»: De Xea (Romero 46), Valensiya (Fosu-Mensa 77), Lindelyof (Darmian 46), Smolling (Jons 46), Blind (Bayi 46), Errera (Kerrik 46), Pogba (Fellaini 46), Mxitaryan, Lingard (A. Pereyra 78), Reshford (Marsyal 62), Lukaku.

Ogohlantirishlar: Ture 42, Blind 45, Mangala 55

Boshqa yangiliklar