“Tottenxem” klubi va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Dele Alli Soccerex kompaniyasi talqiniga ko`ra eng qimmat yosh futbolchi sifatida qayd etildi.
Dele Alli 21 yoshgacha bo`lgan futbolchilar orasida eng qimmat o`yinchi deb topildi. Uning ayni vaqtdagi transfer narxi 82,6 million evroga teng bo`lib turibdi.
Ikkinchi o`rin “Monako”klubi va Fransiya termasining 18 yoshli hujumchisi Kilian Mbappega (61,7 million evro) nasib qildi. 20 yoshli yana bir fransiyalik hujumchi, “Borussiya D” a`zosi Usmon Dembele ( 60,9 million evro) uchinchi o`rinni egallagadi.






