Nikoh to`yi 30 ming dollarga tushgan amerikalik qiz so`nggi daqiqalarda to`yni bekor qilib, mazkur pulni uysizlar uchun ziyofat uyushtirish uchun sarflashga qaror qildi, deb xabar qildi Tengrinews.kz nashri.
AQShning Indiana shtatida yashovchi 25 yoshli Sara Kammings ziyofat uchun Ritz Charles mehmonxonasining zalini ijaraga oldi. Qiz to`yning nima uchun bekor qilinganligiga izoh bermadi. U o`zi yashaydigan tumanda joylashgan uy-joyi yo`q odamlar yashovchi muassasaga qo`ng`iroq qilib, 170 kishini ziyofatga taklif etdi.
“Nikoh to`yimga taklif etilgan odamlarga qo`ng`iroq qilib, to`yning bekor qilinganligini aytish menga juda og`ir bo`ldi”, deb yozdi qiz ijtimoiy tarmoqlarda.
Qiz turmushga chiqmoqchi bo`lgan kuyov — Logan Araujio to`y sarf-xarajatining asosiy qismini ko`targan edi. Kamg`allar uchun ziyofat uyushtirish taklifi unga ham ma`qul keldi. Kuyov kelinning qisqa fursatda bunday qarorga kelganidan, uning judayam bag`rikeng va mehribon inson ekanligidan faxrlanishini bildirdi.
Sara bundan tashqari mehmonlarni ziyofatga olib kelish uchun maxsus avtobuslar harakatini yo`lga qo`ydi. Mahalliy korxonalardan biri “mehmon”larning ziyofatga borishi uchun oqshom ko`ylaklarini sovg`a qildi.






