AsosiyJamiyat

Qaysi davlat organiga murojaatlar soni ko`p?

Interfaol xizmat ko`rsatish yagona portalida eng ko`p murojaat qilinayotgan davlat organlari reytingi tuzildi.
http:G`G`my.gov.uz interfaol xizmat ko`rsatish yagona portalining reytingi ko`tarildi, deb xabar beriladi loyiha rasmiy saytida. Umuman o`tgan vaqt davomida portal orqali qilingan murojaatlar soni 582 taga etgan hamda ulardan 367 tasi ko`rib chiqilgan, 215 tasi o`rganilmoqda.

Portal mualliflari davlat muassasalariga murojaat etish bo`yicha portallar reytingini taqdim etdilar.

Unga ko`ra: 1. O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi;

2. Toshkent shahar hokimiyati;

3. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi;

4. O`zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalar qo`mitasi;

5. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

6. O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 

portallari yuqori o`rinni egalladi.

Shu o`rinda davlat tashkilotlarining ishonch xizmatlari telefonlari ham ishga tushganini aytish lozim. Bunda foydalanuvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollar bilan telefon raqamlari orqali murojaat etishlari ham mumkin bo`ladi, mas`ul shaxslar ularning murojaatnomalariga javob beradilar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar