AsosiyShou-biznes

O`ZBEKISTONDA “KO`K KIT” O`YINI HAQIDA TRILLER SURATGA OLINDI(FOTO)

'O`ZBEKISTONDA “KO`K KIT” O`YINI HAQIDA TRILLER SURATGA OLINDI(FOTO)'ning rasmi

O`zbek kino olamida «Siniy kit» o`yiniga bag`ishlangan film suratga olindi. Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ishlanayotgan film jangari, mistika hamda triller janrlarida suratga olingan, deb xabar beradi MyDay.

«Qotillar o`yini» deb nomlangan mazkur film tugun va jumboqlar asosiga qurilgan bo`lib, «siniy kit» o`yini, uning ayanchli oqibatlari va echimi haqida kino olami vakillari tomonidan dastlabki javobdir.

Filmning jang lavhalari uchun ikki oydan ziyod tayyorgarlik ko`rilgan va barcha sahnalar tabiiy suratga olingan. Jang sahnalarini qo`l janggi bo`ycha murabbiy Sarvar Siddiqov sahnalashtirgan.

Filmda bosh rollarni Shavkat Komilov, Jamila G`ofurova, Alixan, Begzod Tojiev, Sevara Solieva, Muhammad Ali Iskandarov, Feruza Sobitovalar gavdalantirgan.

Rejissyor Laziz Ashuraliev, operator Rustam Yo`ldoshev, g`oya muallifi Shavkat Komilov. Tasvirga olish ishlarining o`ziga ikki oydan ortiq vaqt sarflangan.

Ayni vaqtlada filmning suratga olish ishlari yakunlangan bo`lib, premera kuz faslida bo`lib o`tishi rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar