Xitoylik engil atletikachi Chjan Peymen reaktiv qiruvchi samolyot Chendu J-10 dan o`zib ketdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
Engil atletikachi samolyot bilan yuz metr oraliqda poyga o`ynadi. YouTube kanaliga joylashtirilgan mazkur videorolikda uchish yo`lagida samolyot bilan birdek harakatlanayotgan, ammo marra chizig`iga yaqin qolganda Peymanning oldinga chiqishga muvaffaq bo`lganligini ko`rish mumkin.
Engil atletikachining shaxsiy rekordi yuz metrga yugurishda o`n soniyani tashkil etadi.






