AsosiyJamiyat

​ANDIJON VILOYaTI HOKIMI GO`ShTNING ENG MAQBUL NARXINI BELGILAB BERDI

'​ANDIJON VILOYaTI HOKIMI GO`ShTNING ENG MAQBUL NARXINI BELGILAB BERDI'ning rasmi

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida turli soha vakillari bilan uchrashib, taraqqiyotning ikkinchi bosqichida olib borilayotgan siyosatning mazmun-mohiyatini tushuntirmoqda. Aholi turmush farovonligini ta`minlash yo`lidagi dolzarb vazifalar muhokama qilinyapti.

Ana shunday uchrashuvlardan biri “Bog`i Bobur” dam olish maskanida bo`lib o`tdi. Tadbirda go`sht va go`sht mahsulotlarining narxi asossiz ko`tarilayotganligi muhokama qilindi. Yig`ilishga sohaga aloqador tashkilotlarning rahbarlari, shahar va tuman hokimlari, prokuratura, ichki ishlar, soliq idoralarining xodimlari va qassoblar taklif etildi.

Ayni kunlarda viloyat hududida bir kilogramm go`shtning narxi 34 ming so`mga ko`tarilganligi aytildi. Asossiz ravishda narx belgilash aholi noroziligiga sabab bo`layotganligiga e`tibor qaratildi. Vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan mutasaddilar chora ko`rmayotganligi tanqid ostiga olindi.

Jarayonni tahlil qilish maqsadida nazorat tadbiri o`tkazildi. Unga ko`ra, bir kilogramm go`shtning eng maqbul narxi aniqlandi.

Muhokamalar yakunida viloyatda faoliyat ko`rsatayotgan 622 ta qassobxonaning barchasida bir kilogramm go`sht 29 ming so`mdan sotiladigan bo`ldi. Bu haqda "Andijonnoma" nashri ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar