“Islom davlati” terrorchilik guruhining etakchilari xoinlik qilishlaridan qo`rqib, o`z jangarilariga oilalarini o`ldirishni buyurdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, jangarilar rahbarlarining buyrug`iga itoat etib, ularga xoinlik qilishi mumkin bo`lgan odamlarni va oila a`zolarini o`ldirmoqda. Iroqning g`arbiy qismida joylashgan Tal-Afar shahrining o`zida bir necha oila halok bo`ldi. Iroq harbiylari yaqinda mazkur shaharni o`z nazoratlari ostiga oldi.
Shahar uchun bo`lgan jang bir necha oy davom etib, IShID terrorchilari chekinishga va qochishga majbur bo`ldi.






