Avval xabar berilganidek, joriy yilning 9 sentyabr kuni Toshkentda “ASIAN FIGHT - 2017” xalqaro sport turniri bo`lib o`tadi. Unga Jan Klod Van Damm, Jef Monson kabi dunyo yulduzlarining ishtirok etishi ko`zda tutilgan.
Tadbirga faol tayyorgarlik ko`rayotgan tashkilotchilar u haqda kengroq ma`lumot berib borish maqsadidi Feysbuk ijtimoiy tarmog`ida “ASIAN FIGHT - 2017” sahifasini tashkil etdilar.
Bundan tashqari tashkilotchilar turnirda O`zbekiston sharafini himoya qiluvchi polvonlar haqida birin-ketin videoroliklar tayyorlashni reja qilishgan.
Ana shunday ilk rolik Mahmud Murodov faoliyatiga bag`ishlangan:






