2017 yil 7 iyul kuni soat 04-30 larda tushgan xabarga ko`ra, Samarqand viloyati, Bulung`ur tumani, Paxtaboshi qishlog`i hududida kaliti ichida, qarovsiz qoldirilgan, shu qishloqda yashovchi, 1978 yilda tug`ilgan Q.A.ga tegishli «NEKSIYa» rusumli avtomobili noma`lum shaxs tomonidan olib qochilib, Soxibkor m.f.y. hududida to`xtab turgan «CASE-3 8940» rusumli traktorini orqa qismiga urib, yo`l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Paxtaboshi qishlog`ida yashovchi, 1999 yilda tug`ilgan J.A. sodir etganligi aniqlanib, 2017 yil 10 iyul kuni ushlangan.
2017 yil 9 iyul kuni soat 22-20 dan 10 iyul kuni soat 03-30 largacha bo`lgan vaqt oralig`ida, noma`lum shaxs tomonidan Toshkent shahar, Chilonzor tumani D20-2-uy oldida kaliti ichida, qarovsiz qoldirilgan, shu uyda yashovchi, 1983 yilda tug`ilgan A.D.ga tegishli “KOBALT” rusumli avtomobili olib qochilgan. Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida avtomobil Uchtepa tumani, 11-mavze, 2-uyda joylashgan “Malish” do`koni qarshisida beton bardyurga urilgan holda topilgan. Noma`lum shaxs avtomobil salonidagi 400.000 so`m pul mablag`larini yashirin ravishda talon-taroj qilib, voqea joyida avtomobilni tashlab yashiringan. Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Uchtepa tumanida yashovchi, 2000 yilda tug`ilgan Yu.G`. sodir etganligi aniqlanib, 2017 yil 12 iyul kuni ushlangan.
2017 yil 13 iyul kuni soat 17-00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, THAY-Bunyodkor ko`chalari chorrahasida, noma`lum haydovchi, noma`lum transport vositasi bilan piyoda Zangiota tumanida yashovchi, 1987 yilda tug`ilgan R.R.ni urib yuborib yo`l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda R.R. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo`l-transport hodisasini haydovchi, Buxoro viloyati yashovchi, 1989 yilda tug`ilgan X.K. ishonch qog`ozi bilan boshqaruvida bo`lgan «KOBALT» rusumli avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, 2017 yil 14 iyul kuni ushlangan.
2017 yil 15 iyul kuni soat 13-30 dan soat 17-20 largacha bo`lgan vaqt oralig`ida, noma`lum shaxs tomonidan Samarqand viloyati, Samarqand shahri hududida qarovsiz, ochiq holda kaliti bilan qoldirilgan, Samarqand shahrida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan I.A.ga tegishli «SPARK» rusumli avtomobili olib qochilgan. Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida avtomobil 16 iyul kuni Samarqand tumanida joylashgan «Sayfullaev Sayfiddin» fermer xo`jaligi hududidan topilib, ushbu jinoyatni Samarqand shahrida yashovchi, 1999 yilda tug`ilgan X.I. sodir etganligi aniqlangan.






