AsosiyJamiyat

O`zbekistonda eksportni qo`llab-quvvatlovchi yangi jamg`arma tashkil etiladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari eksportini qo`llab-quvvatlash borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Qarorni imzoladi.

Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligining, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi  va Fermerlar kengashining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida respublika mintaqalarida hududiy filiallari bo`lgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining eksportini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi tashkil etiladi.  
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining eksportini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo`nalishlari: 

- talab-ehtiyojga bo`lgan joriy va istiqboldagi kon`yunkturani o`rganish yuzasidan tashqi bozorlarning chuqur marketing tadqiqotlarini o`tkazish hamda mamlakatimizning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotni eksport qilish uchun potensial imkoniyatlarni aniqlash; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning assortimenti va turlarini tizimli asosda tahlil qilish, ularning tashqi bozorlardagi raqobatdoshlik darajasini aniqlash, tegishli ma`lumotlar bazasini shakllantirish, buning asosida eksportga ishlab chiqarilayotgan mahsulotning jahon va mintaqaviy bozorlardagi talab-ehtiyojga mos kelishini ta`minlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;        - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishda, ehtimol tutilgan xaridorlarni izlashda, shartnomalarni tayyorlash va tuzishda, eksport operasiyalarini amalga oshirishda, eksport qiluvchilarni ehtimol tutilgan xavf-xatarlardan ishonchli himoya qilishda, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi bo`yicha talab etiladigan zarur lisenziyalar, sertifikatlar hamda boshqa ruxsatnoma va yig`imlarni olish va to`lashda yuridik, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko`rsatish; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining chet ellardagi tender savdolaridagi ishtirokini kengaytirishga, shuningdek, yarmarkalar, “davra stollari” va boshqalarni tashkil etish yo`li bilan mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari bilan xorijiy xaridorlarning muloqotlarini tashkil etishga ko`maklashish. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining eksportini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi nodavlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs bo`lib, u faqat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari hamda fermer xo`jaliklariga xizmat ko`rsatadi va yordam beradi. 
Jamg`arma mablag`larining boshlang`ich miqdori 5,0 milliard so`mni tashkil etadi, buning 2,5 milliard so`mi davlat byudjeti mablag`laridan beriladigan biryo`la badal hisobiga, qolgan qismi esa muassislar – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari, O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy  faoliyat milliy banki, shuningdek, boshqa tijorat banklari, moliyaviy institutlar va donorlarning ixtiyoriy badallari hisobiga shakllantiriladi.  Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga tashqi iqtisodiy operasiyalarni amalga oshirish bilan bog`liq yuridik, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko`rsatishdan xalqaro amaliyotda umumqabul qilingan miqdorlarda – shartnoma qiymatining 3 foizigacha bo`lgan komission ajratmalar tarzida olingan daromadlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamg`arma mablag`larining manbalari hisoblanadi.  Jamg`arma kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari, fermer xo`jaliklariga: - eksportga mo`ljallangan mahsulotning mamlakatimiz brendlarini rivojlantirish, eksportga etkazib berishni olg`a siljitish, jumladan, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligiga muvofiq zarur lisenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining xalqaro tender savdolarida ishtirok etishi bilan bog`liq ro`yxatdan o`tish yig`imlari hamda boshqa to`lovlarni to`lab beradi;  - eksport shartnomalarini tuzgan, yangi bozorlarga chiqish va yangi mahsulot turlarini eksport qilishni ta`minlagan holda chet ellardagi ko`rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish uchun beg`araz moliyaviy yordam ko`rsatadi.  Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining eksportini qo`llab-quvvatlash jamg`armasi, jumladan uning hududiy filiallari 2019 yilning 1 yanvariga qadar barcha turdagi soliqlar, yig`imlar, boj hamda davlat maqsadli jamg`armalariga majburiy ajratmalar to`lashdan ozod qilinadi, yagona ijtimoiy to`lov bundan mustasno. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tovarlar va xizmatlarni oldindan haqini to`lamasdan, akkreditiv ochmasdan yoki o`rnatilgan tartibda berilgan eksport shartnomasining sug`urtasi bo`yicha polis mavjud bo`lganida 180 kun mobaynida mablag` kelib tushishi yoki orqaga qaytarish muddati kafolatisiz xorijiy valyutaga eksport qilish huquqiga ega bo`ladi. Jamg`arma ijro etuvchi direksiyasi Toshkent shahar, G`.G`ulom ko`chasi, 1-uyda  joylashadi. 

    Boshqa yangiliklar