AsosiyJamiyat

​“O`ZBEKISTON – EVROPA ITTIFOQI” HAMKORLIK KENGAShI YIG`ILIShI BO`LIB O`TDI

2017 yilning 17 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya Bryussel shahrida «O`zbekiston – Evropa Ittifoqi» Hamkorlik kengashining 13 yig`ilishida ishtirok etdi.

Yig`ilish boshlanishidan avval Xorvatiya Respublikasining Evropa Ittifoqiga qo`shilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi, bir tomondan, Evropa hamjamiyatlari va ularga a`zo-davlatlar, ikkinchi tomondan, o`rtasida sheriklikni ta`sis etuvchi Sheriklik va hamkorlik to`g`risidagi Bitimga Bayonnomani imzolash marosimi bo`lib o`tdi.

O`zbekiston nomidan hujjatni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Evropa Ittifoqi nomidan esa EIga raislik qilayotgan Estoniya Respublikasining Tashqi ishlar vaziri Sven Mikser hamda Evropa Ittifoqi Komissiyasining Savdo bo`yicha Bosh direktorati bo`limi rahbari Petros Surmelis imzoladilar.

Yig`ilishda ikki tomon kun tartibidagi masalalar, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni batafsil ko`rib chiqildi.

Tomonlar uzoq muddatli va o`zaro manfaatli ikki tomonlama shakldagi va mintaqalararo darajadagi keng qamrovli sherikchilikni rivojlantirishga tayyorliklarini tasdiqladilar.

O`zbekiston va Evroittifoq terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalarning tarqalishi va uyushgan jinoyatchilikning boshqa ko`rinishlariga qarshi kurashishda sa`y-harakatlarni birlashtirishdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.

Yig`ilishda madaniy-gumanitar hamkorlikning istiqbollari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Abdulaziz Kamilov va Svin Mikser qo`shma matbuot konferensiyada chiqish qildilar.

    Boshqa yangiliklar