AsosiySport

O`zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyada ilk mashg`ulotini o`tkazdi

'O`zbekiston milliy terma jamoasi Turkiyada ilk mashg`ulotini o`tkazdi 'ning rasmi

O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi qolgan ikki o`yiniga tayyorgarlik ko`rish maqsadida 17–23 iyul kunlari Turkiyada o`quv-mashg`ulotlar yig`inini o`tkazmoqda.

Samvel Babayan bosh murabbiyligidagi jamoa kecha Turkiyaga etib bordi va u erda ilk mashg`ulotini o`tkazdi. Dastlabki kundagi mashg`ulotlarda asosiy e`tibor jismoniy tayyorgarlikka qaratildi.

Avval xabar berilganidek, yig`in davomida ikkita nazorat o`yini o`tkazadi. O`zbekiston terma jamoasi Eron va Saudiya Arabistoni klublariga qarshi maydonga tushishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, jarohati tufayli Marat Bikmaev, Islom To`xtaxo`jaev, Doston Hamdamov, Rustam Ashurmatov va Jamshid Iskanderov jarohati tufayli Turkiyadagi yig`inga chaqiruv olmadi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniri saralash bosqichi 9-turini 31 avgust kuni safarda Xitoy termasiga qarshi o`tkazsa, 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.

Ayni paytda O`zbekiston 8 ta o`yindan keyin 12 ochko to`plab, to`g`ridan-to`g`ri qo`lga kiritilishi mumkin bo`lgan yagona yo`llanma uchun kurashda 2-o`rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Boshqa yangiliklar