AsosiySport

Hua Shan Cup: O`zbekiston o`smirlar termasi Yaponiya U-15 bilan durang o`ynadi — http://the-uff.com/news/sections/national/10138

'Hua Shan Cup: O`zbekiston o`smirlar termasi Yaponiya U-15 bilan durang o`ynadi — http://the-uff.com/news/sections/national/10138 'ning rasmi

Xitoyning Veynan shahrida 15 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Hua Shan Cup xalqaro turniri o`z yakuniga etdi.

O`zbekiston o`smirlar termasi so`nggi turda Yaponiya U-15 futbolchilariga qarshi bahs olib borib, 1:1 hisobida durang o`ynadi. Uchrashuvning 39-daqiqasida Bobur Sobirov hisobni ochgan bo`lsa, yaponiyaliklar o`yin yakunlanishiga 50 soniya qolganida burchak zarbasidan amalga oshirilgan standartni golga aylantirdi.

Chexiya va Xitoy o`rtasidagi bellashuvda 4:1 hisobi qayd etilib, Evropa vakillari foydasiga hal topdi. Shunday qilib, Dilshod Nuraliev jamoasi 3 ta o`yinda jami 4 ochko to`plagan holda turnirda 3-o`rinni egalladi.

Yaponiya va Chexiya o`smirlar terma jamoasi mos ravishda 1–2 o`rinlarni egalladi. Mezbon Xitoy esa birorta o`yinda ochko ola bilmadi va musobaqani so`nggi – 4 o`rinda yakunladi.

Hua Shan Cup xalqaro turniri O`zbekiston o`smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`tab berdi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo`lib o`tadi.

Hua Shan Cup xalqaro turniri
Xitoy, Veynan
19 iyul, dushanba

Yaponiya U-15 – O`zbekiston U-15 — 1:1

Gollar: Bobur Sobirov (39) – Aoki Yusuke (90)

O`zbekiston U-15: Mo`minmirzo Qodirov, Sardor Abdurashidxo`jaev, Hurshid Ubaydullaev, Jasurbek Abdulbekov, Jasurbek Jaloliddinov, Mironshox Sattorov, Doniyor Sobirov, Abdurauf Bo`riev, Igor Chirkizov (Temur Mamasiddiqov, 61), Murodbek Xo`jamberdiev (Mirjalol Qosimov, 61), Bobur Sobirov (Ruslan Ro`ziev, 82).

Yaponiya U-15: Jouns Rey, Tajima Mitsuki, Sako Maaya, Morita Rin, Aoki Yusuke, Tanaka Yoshixiro, Sumi Koshiro, Taniguchi Taisey, Naruoka Xikaru, Nakano Shinya, Nanami Kazusa.

Jamoalar

O`

G`

D

M

T/N

O

Yaponiya

3

2

1

0

8-1

7

Chexiya

3

2

0

1

7-5

6

O`zbekiston

3

1

1

1

3-4

4

Xitoy

3

0

0

3

1-9

0

Boshqa yangiliklar