AsosiyJamiyat

​TOShKENTDA BIR KUNDA SODIR BO`LGAN 7 TA YTHDA 2 KIShI HALOK BO`LDI

'​TOShKENTDA BIR KUNDA SODIR BO`LGAN 7 TA YTHDA 2 KIShI HALOK BO`LDI'ning rasmi

2017 yilning 15 iyul kuni Toshkent shahri hududida 7 ta yo`l-transport hodisasi qayd etilgan.

Mazkur yo`l-transport hodisasida 5 nafar shaxslar tan jarohati olgan, 2 nafar shaxs vafot etgan.

Yo`l harakati xavfsizligi huquqbuzarliklari:

2017 yilning 15 iyul kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2150 ta huquqbuzarliklar bo`yicha ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo`lib, shulardan, 774 tasini qo`pol turdagi, 17 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 15 iyul kuni jami 779 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo`lib, shulardan 436 tasini svetoforning ta`qiqlovchi chirog`iga bo`ysunmasdan harakatlanish, 343 tasini belgilangan me`yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar