AsosiyJamiyat

JANUBIY KOREYaGA IShGA BORISh ILINJIDA BO`LGAN TOShKENTLIK FUQARO 3 MING DOLLARGA TUShDI

'JANUBIY KOREYaGA IShGA BORISh ILINJIDA BO`LGAN TOShKENTLIK FUQARO  3 MING DOLLARGA TUShDI'ning rasmi

2017 yilning 3 aprel kuni taxminan soat 10:00larda, muqaddam sudlangan Kim Alyona Olegovna, Sergeli tumani hududida, fuqaro Bayramov Javoxir Tuxtasinovichning ishonchiga kirib, unga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishda yordam berishini bildirib, aldov yo`li bilan undan 3.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan, deb yozadi Toshkent shahar IIBB.

Mazkur holat yuzasidan, Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik, ya`ni xavfli residivist tomonidan, o`zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ish qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar