Poytaxtimizning Sergeli tumanida joylashgan avtomobil bozori ko`chiriladi. Bu haqda Darakchi.uz'ning hukumatdagi manbasi ma`lum qildi.
Ma`lum bo`lishicha, bozorni ko`chirish loyihasi ishlab chiqilgan bo`lib, uni Zangiotadagi yangi trassa bo`yiga ko`chirish rejalashtirilmoqda. Yaqin davr mobaynida bu borada yakuniy qaror qabul qilinadi.
Yana bir ishonchli ma`lumotlarga ko`ra, poytaxtimizning “Qo`yliq” bozori ham Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumaniga ko`chiriladi.






