“Sevilya” jamoasining braziliyalik himoyachisi Mariano o`z faoliyatini Turkiyada davom ettiradi. Uning transferini “Galatasaroy” sotib oldi.
Futbolchi va klub o`rtasida tuzilgan kelishuv borasida hozircha rasmiy ma`lumot yo`q. Transfer qiymati ham oshkor qilinmagan.
Ma`lumot o`rnida, Mariano o`tgan mavsumda Ispaniya chempioantining 31 o`yinida maydonga tushib, 2 ta golli pasga mualliflik qilgandi.






