AsosiyJamiyat

​NAMANGANDA HOJATXONAGA TUShIB KETGAN TELEFONNI OLAMAN DEB 3 KIShI HALOK BO`LDI

'​NAMANGANDA HOJATXONAGA TUShIB KETGAN TELEFONNI OLAMAN DEB 3 KIShI HALOK BO`LDI'ning rasmi

2017 yilning 13 iyul kuni soat 09:29da Namangan viloyati Yangiqo`rg`on tumani «Sharq yulduzi» QFY "Qizilqiyoq" MFY «Bog`» ko`chasi 2 uy hojatxonasida og`ir gazdan zaxarlanish sodir bo`lgan. Ushbu xonadonda yashovchi fuqaro G.Musaboeva Samsung Galaxy J7 uyali telefonini o`zining ehtiyotsizligi oqibatida xonadonidagi hojatxonaga tushirib yuborgan, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Shu kuni soat 10.00larda fuqaro G.Musaboeva tomonidan yollangan ishchilar A.Qirg`izboev va O.Murzalievlar telefon vositasini olib chiqish uchun birin-ketin hojatxona tubiga narvon yordamida tushishgan va og`ir gazdan zaharlanib, hushdan ketishgan. Shundan so`ng, fuqaro G.Musaboeva yollanma ishchilarni qutqarish uchun Yangiqo`rg`on tumanidagi Qizilqiyoq QVPdan shifokor Q.Irisboevni chaqirtirgan. Shifokor Q.Irisboev yollanma ishchilarni qutqarib olish uchun hojatxona tubiga tushayotib zaharlanib, hushidan ketgan.

Namangan viloyati FVB Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari kelib tushgan xabardan so`ng qisqa muddat ichida voqea joyiga borib vafot etganlarni hojatxona tubidan olib chiqishgan.

Fuqarolar A.Qirg`izboev va O.Murzalievlar voqea joyida fuqaro Q.Irisboev esa shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli xizmatlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar