So`nggi yillarda Samarqand shahrida avtotransport vositalarining ko`paygani ayrim ko`chalar va chorrahalarda tirbandliklarni yuzaga keltirmoqda.
Bu esa o`z navbatida maxsus operasiyani bajarayotgan xizmat avtomashinalarining harakatlanishiga ma`lum qiyinchiliklar tug`dirmoqda, deb xabar beradi "Samarkandskiy Vestnik".

Ushbu muammolarni inobatga olgan O`zbekiston Ichki ishlar vazirligi Samarqand shahri yo`l-patrul xizmati xodimlariga Yaponiyada ishlab chiqarilgan va maxsus jihozlangan HONDA motosikllarini taqdim etdi.

Samarqand viloyati IIB boshlig`i polkovnik Fayzulla Quvondiqov boshchiligida bo`lib o`tgan namoyish seminari ishtirokchilari yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga topshirilgan motosikllarning texnik imkoniyatlari bilan tanishib chiqdi.






