Toshkent viloyatining Bekobod tumanida hududidan o`tuvchi “Qorasuv-Bo`ka-Bekobod” yo`lining 76-km.da sodir bo`lgan avtohalokatda bir oilaning 3 a`zosi halok bo`ldi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ya`ni shu tumanda istiqomat qilgan, 1986 yilda tug`ilgan J.O` ishonch qog`ozi bilan boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini haydab ketayotib qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan O`rtachirchiq tumanida yashovchi, 1990 yilda tug`ilgan J.S boshqaruvidagi “Howo”,
rusumli yuk avtomashinasi bilan to`qnashuv sodir etgan. Natijada J.O` va uning yo`lovchisi, birga yashagan turmush o`rtog`i, 1990 yilda tug`ilgan D.O` hamda qizi, 2015 yilda tug`ilgan D.G` qattiq jarohat olib voqea joyida vafot etganlar.
To`qnashuv sodir bo`lgan yo`nalishda harakatlanib kelayotgan Piskent tumanida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan M.O ishonch qog`ozi bilan boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasi ushbu avtohalokatda boshqaruvini yo`qotib yo`l chetiga chiqib ketib, ag`darilgan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.






