Italiyaning “Lasio” klubi yarim himoyachisi Lukas Bilya faoliyatini “Milan”da davom ettiradi. 31 yoshli futbolchi bugun “rossonerilar” bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
Lukas tibbiy ko`rikdan muvaffaqiyatli o`tdi. “Milan” uning uchun 17 mln evro(yana 3 mln bonus) sarf etgani aytilmoqda.
Ma`lumot uchun, Bilya yakunlangan mavsum “burgutlar” safida 34 bahsda maydonga tushdi va 5 ta gol kiritib, 4 ta golga assistentlik qildi.






