AsosiySport

“Real” yarim himoyachisi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin

'“Real” yarim himoyachisi faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin'ning rasmi

Madridning “Real” yarim himoyachisi Toni Kroos Italiyaning “Yuventus” klubi qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.

Ma`lumotlarga ko`ra, turinliklar Blez Matyuidi va Aksel Vitselning transferi amalga oshmagach, 27 yoshli Germaniya terma jamoasi a`zosini o`z safiga qo`shib olishga harakat qilmoqchi.

“Yuventus” Kroosni “Milan”ga sotilgan himoyachi Leonardo Bonuchchi (42 million evro) va ketishi kutilayotgan Xuan Kuadrado (25–30 million)ning transferidan so`ng amalga oshirmoqchi. Kroos 70 million evroga baholanyapti, ammo “Real” futbolchini sotmoqchi emas.

Kroos o`tgan yilning oktyabr oyida madridliklar bilan tuzgan shartnomasini 2022 yilgacha uzaytirib, yiliga 10 million evro maoshni olishni belgilab olgan edi.

Boshqa yangiliklar