AsosiySport

“Barselona” bir kunda ikkinchi futbolchini sotib olganini e`lon qildi

'“Barselona” bir kunda ikkinchi futbolchini sotib olganini e`lon qildi'ning rasmi

“Barselona” jamoasi “Benfika” klubida himoyachi Nelson Semeduni transfer qilganini tasdiqladi.

Hozirda transferning moliyaviy tomonlari ma`lum qilinmayapti. Bundan avvalgi xabarlarda “Barselona” Semedu uchun 30 million evro to`lashi aytilgandi.

Yakunlangan mavsumda ushbu himoyachi Portugaliya chempionatida 31 uchrashuvda maydonga tushgan va1 gol urib, 6 golga uzatma bergandi.

Avvalroq kataloniyaliklar Jerar Deulofeuni sotib olgani haqida xabar berilgandi.

Boshqa yangiliklar